16:05 / 08.06.2017
5008

Dushanbe va Ashxobod o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Kelayotgan dushanba kuni Ashxoboddan Dushanbega 24 yil ichidagi ilk samolyot parvoz qiladi. Bu maxsus reys bo‘lib, Tojikiston poytaxtiga Turkmanistondan bo‘lgan rasmiy delegatsiyani olib boradi. Biroq, aynan shu reys ikki poytaxt o‘rtasida 1993 yilda to‘xtagan muntazam aviaqatnovning tiklanishiga zamin yaratishi mumkin. 

Tojikistonga keladigan Turkmaniston delegatsiyasi tarkibida mamlakat aviatsiya hukumati, «Turkmaniston» aviakompaniyasi, Turkmaniston tadbirkorlar va sanoatchilar ittifoqi, turistik korxonalar vakillari bo‘ladi.

«AP» ma'lumotiga ko‘ra, turkman delegatsiyasi Dushanbega bir kunlik tashrifi davomida tojik tomoni bilan Ashxobod-Dushanbe-Ashxobod to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareysini ochish imkoniyatini muhokama qiladi. «Tojikiston va Turkmaniston poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnov 1993 yilda to‘xtagan», - deyishgan Tojikiston transport vazirligidagilar.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtasida viza rejimi amal qiladi. Ashxobodga borish uchun esa Istanbul orqali parvoz qilish talab etiladi. 

Top