15:12 / 08.06.2017
18722

Messi Ronalduni maqtadi

"Barselona" va Argentina terma jamoasining 29 yoshli hujumchisi Lionel Messi ESPN nashriga bergan intervyusida o‘zining abadiy raqibi - "Real" o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Matbuot bizning raqobatimizni oshirib ko‘rsatadi. Krishtianu — ko‘plab ijobiy fazilatlarga ega ajoyib o‘yinchi. U yildan yilga dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylanmoqda", - dedi u. 

Ta'kidlash joizki, Ronaldu bu mavsumda Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shu bois ko‘pchilik uning navbatdagi "Oltin to‘p" egasi bo‘lishini taxmin qilmoqda. 

Mavzuga oid
Top