Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada ShHT sammiti boshlanmoqda

Bugun, 8 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ochiladi. Asosiy tadbirlar juma kuniga belgilangan, bugun ishtirokchilar uchun badiiy dasturlar tashkillashtiriladi.
Sammitga keladigan mehmonlar ShHT davlatlari rahbarlarining 17-yig‘ilishiga bag‘ishlangan konsertda bo‘lishadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti 1996 yilda «Shanxay beshligi» nomi ostida tashkil etilgan va unga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston asos solishgan. 2001 yilda tashkilotga O‘zbekiston ham a'zo bo‘lgach, uning nomi «Shanxay hamkorlik tashkiloti» deb o‘zgartirilgan. O‘zbekiston uch bor — 2004, 2010 va 2016 yillarda tashkilot sammitiga mezbonlik qilgan. 2016 yilgi sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish bo‘yicha memorandum imzolangan. Ostonadagi sammit chog‘ida bu davlatlar to‘laqonli a'zolarga aylanadi va tashkilotga a'zo davlatlar soni 8 taga yetadi.
Ayni paytda to‘rt davlat tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Bular: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston. Kuzatuvchilik maqomiga erishish uchun ariza bergan yana uch davlat bor: Suriya, Misr va Bangladesh.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya, Shri-Lanka.
Tarixiy sammit
Pokiston va Hindistonning aynan shu sammitda tashkilot a'zolariga aylanishi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Bu voqea tashkilotni yangi darajaga ko‘tarishi, xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga xizmat qilishi mumkin.
Qozog‘iston TIV rahbari Qayrat Abdrahmanov oldindagi sammitni "tarixiy" deb atadi va Hindiston hamda Pokistonning tashkilotga a'zo bo‘lib kirishi ShHTning hududiy faoliyati kengayishini ta'minlashini qayd etdi.
U shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari bir qator hujjatlarni imzolashi kutilayotgani haqida ma'lum qildi: davlat rahbarlari Ostona deklaratsiyasini imzolashadi, ShHTning ekstremizmga qarshi Konventsiyasini qabul qiladi. Jami 11ta hujjat imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbarlarining kengaytirilgan tartibda va tor doiralardagi muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Siyosatchilar ShHTdagi vaziyatni baholab, kelgusidagi qadamlarni belgilab olishadi.
Sammit yakunida tashkilotga raislik Qozog‘istondan Xitoyga o‘tadi. 2018 yilning iyunida Pekinda ShHTning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Iqtisodga e'tibor
Ostona sammiti arafasida ShHT ishchi kengashi boshqarmasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yig‘ilish iqtisodiy salohiyatni mustahkamlash va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini hayotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tashkilot faoliyatining iqtisodiy komponentini mustahkamlash zarurligiga e'tiborini qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHTning hozirgi ijobiy dinamikasi "Yangi Ipak yo‘li" dasturi rivojlantirilishi tufaylidir. Bu dastur esa tashkilotning barcha a'zolari tomonidan ma'qullangan.
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi
Sport | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida call-markaz ishga tushdi
Jamiyat | 10:37
-
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston | 10:27
Mavzuga oid

16:59 / 07.07.2025
Tramp BRIKSning «anti-amerika» siyosatini qo‘llayotgan davlatlarga boj bilan tahdid qildi

17:11 / 22.06.2025
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

20:36 / 17.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

17:53 / 02.06.2025