ŞHTning Ostona sammiti doirasida Şavkat Mirziyoyev özi uçun ajratilgan qarorgohda Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğani bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Özbekiston va Afğoniston xalqlarining urf-odat va an'analari bir-biriga öxşaş. Ikki davlat örtasida yaqin qöşniçilik aloqalari örnatilgan bölib, turli sohalarda samarali hamkorlik qilib kelinmoqda.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Afğonistondagi vaziyatni siyosiy yöl bilan hal etiş, mamlakatda barqarorlikni ta'minlaş, iqtisodiyotini rivojlantiriş tarafdori ekanini ta'kidladi.
Mamlakatimiz Afğonistonga elektr energiyasi, meva-sabzavotlar, neft mahsulotlari, mineral öğitlar eksport qilmoqda. Quriliş, energetika, toğ-kon sanoati va ta'lim sohalaridagi loyihalarni amalga oşirişda iştirok etib kelmoqda. «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Şarifgaça temir yöl liniyasi qurilgan. Mamlakatimiz kömagi bilan Afğonistonda köpriklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta'minoti tarmoği barpo etilgan.
Afğoniston Islom Respublikasi Prezidenti Aşraf Ğani Afğonistonda barqaror vaziyatni tiklaş borasida Özbekiston amalga oşirayotgan işlar Afğonistonda yuksak baholanişini ta'kidladi va minnatdorlik izhor etdi. 2016 yil Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Toşkentda ötgan majlisida kuzatuvçi sifatida iştirok etgani, sammit doirasida ikki mamlakat rahbarlarining uçraşuvida erişilgan kelişuvlarning amalga oşişidan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Uçraşuvda mamlakatlarimiz örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.












