Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev özi uçun ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi boş vaziri Navoz Şarifni qabul qildi. ÖzA xabariga köra, uçraşuvda asosiy e'tibor mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş masalalariga qaratildi.  

Şavkat Mirziyoyev va Navoz Şarif uçraşuvida asosiy e'tibor mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş masalalariga qaratildi. 

Özbekiston Pokistonning ŞHTga a'zo davlat sifatida qabul qilinişini qöllab-quvvatlab, taşkilotga raisligi davrida bu masalaga alohida e'tibor qaratdi. 

Mamlakatlar xalqaro maydonda bir-birini qöllab-quvvatlab kelmoqda. Özbekiston va Pokiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 50 ga yaqin hujjat imzolangan. Mamlakatda Pokiston bilan hamkorlikda taşkil etilgan 55 korxona faoliyat körsatmoqda. 

Özbekiston Pokistonga paxta tolasi, könçilik xomaşyosi, transport va turizm xizmatlarini eksport qiladi. Pokiston mamlakatimizga dori vositalari, kimyo va qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beradi, transport xizmati körsatadi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Pokiston bilan köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş tarafdori ekanini qayd etdi. 

Pokiston Boş vaziri Navoz Şarif Pokiston Özbekiston bilan barça sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.