17:29 / 08.06.2017
71888

Yerda yotgan futbolchi tepib tashlangan. Surxondaryodagi ommaviy mushtlashuv videosi

4 iyun kuni O‘zbekiston Birinchi ligasi 13-turida «Surxon» jamoasi Termizda «Andijon» klubini qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi.

Uchrashuv yakunida janjal kelib chiqqan va hakam bir vaqtning o‘zida bir yo‘la sakkiz nafar futbolchiga (ikki jamoadan 4 nafardan) qizil kartochka ko‘rsatgandi.

«Championat.asia» saytining YouTube portalidagi kanalida ushbu janjal tasvirlari videosi joylashtirilgan. Unda mezbon jamoa futbolchilari andijonliklarning yerda yotgan futbolchisini tepishgani, janjalga klub shifokorlari ham aralashganini ko‘rish mumkin.

Quyidagi videoda sariq libosda «Surxon» jamoasi futbolchilari, oq libosda «Andijon».

Eslatib o‘tamiz, 1968 yilda paydo bo‘lgani aytiladigan «Surxon» futbol klubi  uzoq vaqtlik tanaffusdan keyin shu yil fevralida tashkil etilgandi.

«Surxon» klubi qayta tashkil etildi 

Top