Qozoğiston 2017 yilning kuzida Özbekistonga muntazam avtobus reyslari qatnovini yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Qozoğiston sarmoyalar va rivojlaniş böyiça vaziri Jyenis Qosimbek ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Today.kz.

"Bizda uzoq vaqt davomida muntazam avtobus qatnovi yöq edi. Özbekiston çegarasigaça borgan yölovçilar çegaradan piyoda ötib, qöşni davlat hududida muntazam reyslarga ötirişardi. Bugun biz ham temir yöl, ham avtomobil reyslarini oçdik. Kuzda muntazam avtobus reyslarini oçişni möljallaganmiz", - dedi u.

Vazirning ta'kidlaşiça, buning uçun “butun infratuzilmani joriy yilda tegişli darajaga keltiriş” lozim.

Eslatib ötamiz, uşbu vazir deputatlarga Qozoğiston va Özbekiston çegarasidan soddalaştirilgan tartibda ötişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini taqdim etdi. Qosimbekning taxminiça, yaqin yillarda ikki davlat örtasidagi mahsulot aylanmasi miqdori beş milliard dollarga yetişi mumkin.