08:59 / 08.06.2017
6952

JARdagi bo‘ron 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Twitter.com/@emile_brand

Janubiy Afrika Respublikasining yirikligi bo‘yicha 2-shahri Keyptaunda bo‘ron kamida 8 kishining umriga zomin bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

Kuchli jalalar va bo‘ronli shamol mamlakatning janubi-g‘arbiy sohiliga yopirildi. Keyptaunning ba'zi tumanlari 7 iyunda to‘liq evakuatsiya qilingan. Kuchli shamol oqibatida bir qator hududlarda jiddiy yong‘inlar chiqqan.

Shaharning bosh avtomobil magistrali yopib qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top