«Chegaralar ochiq bo‘lishi kerak». Mirziyoyev va Atamboyev «soatlarni moslashdi»
ShHTning Ostona sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi.
O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston prezidenti bilan bu galgi uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich bo‘lishi, Samarqanddagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni mazmunan boyitishini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, «Samarqandga tashrifdan keyin tomonlar istalgan vaqtda soatlarni solishtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi».
«Bugungi soatlarni solishtirib olish shuni bildiradiki, bizning barcha sohalardagi munosabatlarimiz rivoj topmoqda. Tovar aylanmasi hajmi sezilarli darajada o‘sgan, chegara hududlarimizdagi aloqalar mustahkamlangan. Siz bilan qayerda uchrashsak, biz faqat oldinga harakatlanganmiz», degan Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston prezidenti keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashganini ta'kidlagan.
«Agar biz korxonalarimiz hamjamiyatini tuzsak, ular ko‘p ishlarni amalga oshirishi mumkin. Jiddiy yutuqlarga erishamiz. Eng asosiysi, biz o‘rtamizda chegaralar bo‘lishini istamaymiz. Bizda ochiq chegaralar bo‘lishi kerak», — degan O‘zbekiston prezidenti.
Almazbek Atamboyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy qardoshlik munosabatlari, urf-odat va an'analari o‘xshashligi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.
«O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi ikki qardosh xalq manfaati yo‘lidagi tinchlik va do‘stlik chegarasi bo‘lishi kerak», — degan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
15:39 / 08.07.2024
ShHT yana kengaydi. Bu tashkilotning amaliy emas, deklarativ xarakterini kuchaytiradimi?
18:48 / 04.07.2024
«Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo‘lmoqda» - Shavkat Mirziyoyev
15:22 / 04.07.2024