UNITEL MÇJ (Beeline savdo markasi) va COSCOM MÇJ (Ucell savdo markasi) mobil operatorlari radioelektron vositalar va radioçastota spektridan foydalanişni qöpol ravişda buzişmoqda. Bu haqda Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi ma'lum qildi.
Inspektsiyaning ta'kidlaşiça, 2017 yilning may va iyun oyilarida baza stansiyalari va uşbu operatorlarning mobil aloqa tarmoqlari radioreleyli liniyalardan foydalanişi böyiça tartib talablari buzilgan.
Inspektsiya ma'lumotlariga köra, mobil operatorlar baza stansiyalari va radioreleyli liniyalardan foydalanişga qabul qilib oliş akti va radioelektron vositalar hamda radioçastotalardan texnik foydalaniş böyiça tegişli ruxsatni rasmiylaştirmasdan, noqonuniy ravişda tijoriy maqsadlarda foydalanişgan.
Xususan, qoidabuzarliklar Toşkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida aniqlangan.
Inspektsiyaning eslatişiça, operatorlar “normativ-huquqiy aktlar va litsenziya kelişuvlari talablarini tizimli ravişda hamda qöpol buzişlari, şuningdek, körsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifati körsatkiçlari pasaygani uçun” ogohlantirilgan va ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Inspektsiyaning ma'lum qilişiça, COSCOM MÇJ va UNITEL MÇJ Özbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş Vazirligi tomonidan taqdim etilgan harakatlanuvçi radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, foydalaniş va xizmat körsatiş böyiça faoliyat bilan şuğullanişga huquq beruvçi litsenziya kelişuvi (litsenziya), şuningdek, Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy aktlar talablarini tizimli ravişda va qöpol buzişmoqda.
Şuni ta'kidlab ötiş joizki, «UNITEL» MÇJ va «COSCOM» MÇJ operatorlari abonentlaridan kelib tuşayotgan şikoyatlarning har kuni köpayib borayotgani operatorlar tomonidan mobil aloqa xizmatlari taqdim etiş sifatining yomonlaşganini körsatadi, ya'ni, abonent taşabbusisiz suhbatning uzilib qolişi yoki mobil aloqa tarmoği signalining yöqolişi.
«Şu tariqa normativ-huquqiy aktlar va litsenziya kelişuvi talablari tizimli ravişda buzilişiga yöl qöyilmoqda, bu esa ta'sirçan çoralar köriş uçun xavotirli signaldir», - deya ta'kidlaydi inspeksiya.
Idoraning eslatişiça, telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş töğrisidagi nizomga köra, lisenziat tomonidan litsenziya talablari va şartlari tizimli ravişda yoki bir bora qöpol ravişda buzilsa, litsenziya harakati töxtatiladi.













