Internetda avtomobil haydovçilarini yöl kameralari yaqinlaşib qolgani haqida ogohlantiruvçi mobil ilova paydo böldi. Dastur Play market’da taqdim etilgan.
 
X-point mobil ilovasi faqatgina Toşkentda işlaydi, biroq, öz içiga bir neça funksiyalarni jamlagan. Uning yordamida nafaqat yöl kameralari va ularning turini aniqlaş, balki yaqin masofadagi yoqilği quyiş şoxobçalari hamda vulkanizatsiya nuqtalarini topiş ham mumkin. Şuningdek, X-point avtomobil tezligini aniqlaşi mumkin, biroq, dasturga qoldirilgan ma'lumotda aytilişiça, «Ğildirak diametri – beqaror parametr bölib, şuning uçun avto spidometridagi tezlik soatiga 110 kilometr tezlikda 5-10 kilometr soatga, soatiga 200 kilometr tezlikda esa 10 foizga pasayişi mumkin». Biroq soatiga 60 kilometr tezlikda xatolik deyarli yöq.

Avtomobil haydovçisi internetga doimiy ravişda ulangan bölişi şart emas, ilova offlayn-rejimda ham işlaydi. Biroq kameralar bazasi doimiy tarzda yangilanişi kerak. Ilova mahalliy STC kompaniyasi tomonidan yaratilgan va hozirga qadar 89 bora yuklab olindi.