Shveytsariyalik musavvirlar Frenk va Patrik Riklin Null Stern nomli kontseptual mehmonxona ochishdi. Bu haqida InsiderPro'da xabar berildi.

Mehmonxona nomerlaridan biri dengiz sathidan 1200 metr balandlikda Sentis tog‘ida joylashgan. Eng qizig‘i bu mehmonxonaning devorlari yo‘q...
U yerda faqat ikki o‘rinli karavot va lampali javonlargina bor. Shunday bo‘lsa-da, atrofdagi betakror manzara hech kimni befarq qoldirmaydi.










