18:40 / 09.06.2017
8013

«Shalke»ning «qo‘rqoq» murabbiyi ishdan bo‘shatildi

Germaniyaning «Shalke-04» klubi rahbariyati Markus Vayntsirlyani bosh murabbiylikdan iste'foga chiqargan. Bu haqda Bild xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, rahbariyat muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin shunday qarorga kelgan. Bu haqda kun oxiriga qadar rasman ma'lum qilinishi kutilmoqda.

2016/17 yilgi mavsumni «Shalke-04» 43 ochko to‘plagan holda Bundesliganing 10-o‘rnida yakunladi. Klub mavsum startida 5ta ketma-ket mag‘lubiyat qayd etgan, o‘shanda jamoa bosh murabbiyi ukrainalik Viktor Anatolevich Skripnik edi.

4 iyun kuni ukrainalik futbolchi Yevgeniy Konoplyanka Vayntsirlyani qo‘rqoq deb atagandi, shundan keyin «Shalke» rahbariyati ukrainalik futbolchiga nisbatan jarima qo‘lladi.

Top