ŞHTning Ostona sammiti doirasida Şavkat Mirziyoyev özi uçun ajratilgan qarorgohda Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti bilan bu galgi uçraşuvi ikki davlat örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş, hamkorlik aloqalarni kengaytirişda muhim bosqiç bölişi, Samarqanddagi uçraşuvda erişilgan kelişuvlarni mazmunan boyitişini ta'kidladi.
Almazbek Ataboyev özbek va qirğiz xalqlarining azaliy qardoşlik munosabatlari, urf-odat va an'analari öxşaşligi özaro hamkorlikni izçil rivojlantirişda muhim omil bölayotganini qayd etdi.
Keyingi paytlarda ikki davlat örtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollaşdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almaşinuvi amalga oşirilmoqda. Mamlakatlarimiz jamoatçiligi vakillarining Andijon va Öş şaharlariga özaro taşrifi bölib ötdi.
Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytiriş masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almaşdilar.
Şavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni Özbekistonga öziga qulay bölgan vaqtda taşrif buyurişni taklif qildi.













