Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Pokiston ShHT a'zosiga aylandi
ShHTga a'zo davlatlar yetakchilari tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayonining yakunlanishi haqidagi qarorni imzolashdi.
RIA Novosti’ning xabar berishicha, ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya ham imzolangan.
Avvalroq O‘zbekiston Preziderti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayoni 2015 yilda boshlangan edi.
ShHTga a'zo davlat maqomini olish uchun Hindiston va Pokiston majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum 2016 yil iyunda ShHTning Toshkent sammitida imzolangan edi.
Sammitda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston va Pokistonning ShHTga a'zo davlat maqomiga ega bo‘lishi ko‘p rejali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun butkul yangi imkoniyatlarni taqdim etishini ta'kidlab o‘tdi.
ShHT rahbarlari ShHTning ekstremizga qarshi kurash bo‘yicha Konventsiyasini imzolab, Xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish to‘g‘risidagi bayonotni qabul qildi.
ShHTga a'zo davlatlar Kengashi yig‘ilishi doirasida 2017−2018 yillarda turizm sohasida ShHTga a'zo davlatlar hamkorligi dasturini amalga oshirish bo‘yicha Hamkorlikdagi harakatlar rejasi hamda ShHT Kotibiyati va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi Memorandum ham imzolandi.
Mavzuga oid
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026