13:54 / 09.06.2017
4272

TIV tuzilmasida Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili lavozimi joriy etildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili lavozimi joriy etildi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, Maxsus vakil apparati 3 shtat birligidan iborat bo‘ladi.

Hujjat bilan apparat tuzilmasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Top