Yuridik xizmat xodimlariga navbatdagi maxsus unvon-martaba darajalari berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Adliya vazirining 2017 yil 7 iyun kungi buyrug‘i bilan Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrining ayrim tuman hokimliklari yuridik xizmat xodimlariga belgilangan martaba darajalari berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan, ushbu buyruqlar bilan Samarqand viloyat hokimligi, Bulung‘ur, Qo‘shrabot, Pastdarg‘om, Jomboy, Narpay, Oqdaryo tuman hamda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi, Surxondaryo viloyat Qumqo‘rg‘on, Termiz, Boysun tumanlari va Termiz shahar hokimligi, Toshkent shahri Sergeli, Shayxontohur, Bektemir va Yunusobod tuman hokimliklari yuridik xizmati xodimlari maxsus unvon-martaba darajalariga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
14:25 / 05.09.2024
Qirg‘iziston filarmoniyasi orkestri rahbariga «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni berildi
07:30 / 04.09.2024
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etildi
10:41 / 22.08.2024
Ichki ishlar organlarida maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi
22:11 / 19.07.2024