Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston Afg‘oniston hududida qator infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ular orasida temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, yuqori voltli elektr o‘tkazish liniyalarini qurish bor. Bu Qonunchilik aktlarini muhokama qilish portaliga muhokama uchun qo‘yilgan - yuk tashish uchun tashqi savdo yo‘nalishlari diversifikatsiyasi va ularni xalqaro infrastrukturaga integratsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturida nazarda tutilgan.
Taklif etilayotgan choralar doirasida Afg‘oniston hududida qator loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan: mamlakat shimoli-g‘arbida iqtisodiy yo‘lak yaratish, temir va avtomobil yo‘llari, shuningdek, “Mozori Sharif–Shibirg‘on–Maymana–Hirot” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori voltli elektr uzatish liniyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Milliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular mahsulotining xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish uchun asosiy eksport yuklarini (paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, qurilish materiallari va boshqalar) temir yo‘l transporti orqali turli yo‘nalishlar bo‘yicha olib o‘tishda tarif preferensiyalarini olish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Hujjatda “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” temir yo‘li qurilishi loyihasi ham bor. Uni tashkil etish uchun uch tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishini o‘tkazish kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:35 / 18.01.2026
«Tolibon» elitasidagi bo‘linish: jurnalistlar internet masalasidagi manfaatlar to‘qnashuvini ochib berdi
23:16 / 06.01.2026
O‘zbek tilining Afg‘onistonda qo‘llanishiga cheklov joriy etilmadi – TIV
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
21:38 / 27.12.2025