Şavkat Mirziyoyev ŞHTning Ostona sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi bilan uçraşdi. 

ÖzA xabariga köra, davlat rahbari Hindiston Boş vazirini ŞHT sammitida Hindistonning mazkur xalqaro taşkilotga tölaqonli a'zo sifatida qöşilişi töğrisida qaror qabul qilinayotgani munosabati bilan tabrikladi. 

Şavkat Mirziyoyev mazkur uçraşuv Hindiston Boş vaziri Narendra Modining 2016 yil Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar ijrosini muhokama qiliş va hamkorlikning istiqbollarini belgilab oliş uçun yaxşi imkoniyat ekanini ta'kidladi. 

Narendra Modi Özbekiston Hindistonni ŞHTga a'zolikka qabul qiliş töğrisidagi taklifni qat'iy qöllab-quvvatlab kelgani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Uşbu tarixiy voqea özaro serqirra şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, xavfsizlikni ta'minlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişini qayd etdi. 

Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor tabriklab, ikki mamlakat örtasidagi mustahkam işonçga asoslangan aloqalar bundan keyin ham rivojlanib borişiga işonç bildirdi. 

Uçraşuvda Özbekiston bilan Hindiston örtasidagi munosabatlarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. 

Ayniqsa, siyosiy muloqotga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Tomonlar bundan buyon ham oliy va yuksak darajadagi aloqalarni faol rivojlantiriş, muntazam siyosiy maslahatlar ötkaziş, xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettirişga tayyor ekanini bildirdi. 

Özaro savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari körib çiqilar ekan, 2016 yilda ikki mamlakat örtasidagi savdo aylanmasi 15 foiz ösib, 366 million AQŞ dollarini taşkil qilgani ta'kidlandi. Biroq bu körsatkiç ikki davlat imkoniyatlarini töliq aks ettirmaydi. Özbekiston bilan Hindiston özaro savdo hajmini oşiriş va tarkibini diversifikatsiya qiliş uçun ulkan salohiyatga ega. 

"Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida "Minda" kompaniyasi bilan avtomobillar butlovçi buyumlarini işlab çiqariş, "Novafarm" va "Ultra Xels Kear" kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida dori-darmonlar va Toşkent viloyatida inʼeksiya preparatlari işlab çiqaradigan zamonaviy korxonalarning bunyod etilişi ikki davlat örtasidagi investitsiyaviy hamkorlikka misol böla oladi.