19:36 / 10.06.2017
20744

BMT Bosh kotibi Orol dengizining hozirgi hududini ko‘rib chiqdi

BMT Bosh kotibi Nukusdan Mo‘ynoq tomon vertoletda parvoz qildi va Orol dengizining xozirgi hududini ko‘rib chiqdi. Bu haqda "Facebook"dagi "Un Uzbekistan" sahifasida xabar berildi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, BMT Orol dengizi muammosiga katta ahamiyat bermoqda. BMT Taraqqiyot dasturi, YuNeSKO, YuNFPA, BMT Ko‘ngillilari dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan BMT Qo‘shma dasturi Orol dengizi inqirozi natijasida zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlashga, muvaffaqiyatli loyihalarni ko‘paytirish, milliy darajada inson xavfsizligi konsepsiyasi doirasini kengaytirish va donorlarning muvofiqlashtirilgan harakati uchun yangi moliyaviy mexanizm yaratishga qaratilgan. 

Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nukus shahriga kelgani haqida xabar bergandik. 

Top