08:24 / 10.06.2017
12689

Erdo‘g‘an: Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashini hech payqamaganman

Foto: Michael Reynolds dpa / Globallookpress

Turkiya Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashini hech payqamagan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya Qatarga avvalgidek yordam berishni davom ettiraveradi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.      

"Shu kungacha Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganini payqamaganman. Kechirasizu, biroq biz Qatarga har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettiramiz", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.  

Turkiya prezidenti Qatardan qamalni olishga chaqirdi. Uning fikricha, Qatarning yakkalatilishi va unga qarshi sanksiyalar kiritilishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtira olmaydi. 

Erdo‘g‘an mintaqada yaxshi munosabatlar rivojlanishini rag‘batlantirish  uchun bu masalada Saudiya Arabistoniga yetakchilikni o‘z zimmasiga olishni taklif qildi.

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top