09:14 / 10.06.2017
5911

Londondagi terrorchilar kattaroq yuk mashinasidan foydalanmoqchi bo‘lishgan

Foto: RIA Novosti

Londonda 4 iyunga o‘tar kechasi teraktlar amalga oshirgan terrorchilar hujum vaqtida ko‘proq zarar yetkazish maqsadida og‘irroq yuk mashinasidan foydalanmoqchi bo‘lishgan, biroq ularga bunday mashinani olish uchun pul yetmagan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.       

Ta'kidlanishicha, terrorchilar dastlab internetda og‘irligi 7,5 tonnadan kattaroq yuk mashinasini ijaraga olishgan. Biroq ularning hisob raqamlarida ijaraga haq to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmagani sabab, ular kichikroq mashinani olishga qaror qilishgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qonxo‘r terrorchilar ijaraga olgan mikroavtobuslarini shag‘al ortilgan qoplar bilan og‘irroq qilishgan.  

Eslatib o‘tamiz, terrorchilar London ko‘prigida odamlarni bosib ketgach, Boro bozoriga borishgan. U yerda mikroavtobusdan 3 terrorchi tushib, ko‘chadagi odamlarga uzun tig‘li pichoqlar bilan hujum qila boshlagan. Bugungi kunda terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 kishini tashkil qilmoqda. Ba'zi jarohatlanganlar og‘ir ahvolda qolmoqdalar.  

Mavzuga oid
Top