19:13 / 10.06.2017
11824

Messining Singapur bilan uchrashuvda ishtirok etmasligi mojaroga sabab bo‘ldi

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messining Argentina va Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok eta olmasligi muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Today Online nashri xabar bermoqda.

13 iyunda o‘tkaziladigan uchrashuv Singapur futbol uyushmasining 125 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga 55 mingta chipta bir necha hafta oldin sotib bo‘lingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi uchrashuvda o‘zining ancha yillik sevgilisi Antonella Rokutstso bilan nikoh to‘yiga taraddud ko‘rishi sabab ishtirok eta olmaydi. Futbolchining nikoh to‘yi 30 iyunga belgilangan. 

Messining uchrashuvda ishtirok etmasligidan xabar topgan singapurlik muxlislar mamlakat futbol federatsiyasini firibgarlikda ayblab, chiptalar uchun to‘langan pullarning qaytarilishini talab qila boshlashgan.

Ko‘pchilik muxlislarning aytishicha, ular chiptalarni aynan Messini ko‘rish uchungina sotib olganlar. Ularning ta'kidlashicha, uchrashuv tashkilotchilari o‘yinning bosh yulduzi unda ishtirok eta olmasligini avvaldan ma'lum qilishlari kerak edi. 

Singapur bilan uchrashuvni nikoh to‘yi munosabati bilan Argentinaning yana bir o‘yinchisi – yarim himoyachi Nikolas Otamendi ham o‘tkazib yuboradi. Uning to‘yi 16 iyunga belgilangan.

Mavzuga oid
Top