Samarqand şahridagi Forumlar majmuasida 10 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişning uçraşuvi böldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Prezident yuqori martabali mehmonni mamlakatga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston BMT va uning taşkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşini ta'kidladi.
Davlat rahbari Boş kotibga Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uçun minnatdorlik bildirdi.
Islom Karimovning tinçlikparvar siyosati, asosli taşabbuslari va amaliy işlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşda muhim asos bölganini e'tirof etiş örinli, dedi davlat rahbari.
Antoniu Guterriş Prezident Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayoni xalq farovonligini yuksaltiriş borasida muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Uçraşuvda Özbekiston bilan BMT va uning taşkilotlari örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumşatişga doir masalalar muhokama etildi. Global xavfsizlik va barqarorlikni saqlaş, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etiş masalalari körib çiqildi.













