Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Ostona şahridagi EKSPO-2017 xalqaro körgazmasi oçiliş marosimida iştirok etdi. 

Körgazmada Özbekiston, Rossiya, AQŞ, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat özining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyiş etmoqda. 

Körgazmada Özbekiston faol iştirok etayotgangani ekspertlar tomonidan e'tirof etilmoqda. Mamlakatimizda işlab çiqarilgan mahsulotlarning namoyişi uçun ikki qavatli bino ajratilgan.

Özbekiston pavilonining birinçi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan bölib, unda quyoş, şamol va suv energiyasi mahsulotlari, quyoş energiyasi stendida 2030 yilda avtomobillarni quyoş nuri yordamida qanday quvvatlantiriş mumkinligi amalda namoyiş etilmoqda va bu körgazma iştirokçilarida katta qiziqiş uyğotmoqda.

Pavilonning ikkinçi qavatida mamlakatimizning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va şarbat tayyorlaş sanoatida erişilgan yutuqlar, özbek milliy taomlari namoyiş etilmoqda.