Hurmatli tahririyat xodimlari. Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlar öta dolzarbligi va hayotiyligi bilan xalqni quvontirmoqda.
Ayniqsa, aholiga arzon va sifatli uylar qurib beriş töğrisidagi qarorlari köpçilikni kayfiyatini kötarib yubordi. Mamlakatimizda bölayotgan ijobiy özgarişlar bilan har kuni Kun.uz saytida tanişib boramiz. Bundan taşqari, tahririyatning jonkuyar rahbar va xodimlarining taşabbuslari bilan bir qator muammolar ham öz yeçimini topayotganligini guvohi bölmoqdamiz.
Sizga ma'lumki, birinçi Prezidentimiz taşabbusi bilan qişloq joylarida köplab namunaviy loyihalar asosida uylar qurilib foydalanişga topşirildi. Xususan Navoiy viloyatida ham bir qança massivlarda yangi uylar barpo etildi. Uşbu namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda barça şaroitlar yaratilgan bölib, şahar uylaridan heç ham qolişmasligi töğrisida televizorda körsatişadi.
Boşqa viloyatlarda qurilgan uylar bilan bizning massivdagi uylarni soliştirib körganimizda yer bilan osmonça farq bor. Boşqa viloyatlarda qurilgan uylarni borib körganimizda töğrisi juda havasimiz kelgan edi. Biz ham Navoiy viloyati Karmana tumani «Varq» massivida 2012–2013 yillarda (180 ta uy) qurib, foydalanişga topşirilgan uylardan yaxşi niyat bilan olgan edik.


Lekin ming afsuski, biz yaşayotgan uylar qurilganiga endigina 3–4 yil bölgan bölsa-da, 50–60 yil ilgari qurilgan uylar körinişiga kelib qolgan. Har yili uylarimizni taşqi va içki körinişini ta'mirlasak-da, sizot suvlarining yaqinligi bois devorlar nurab bormoqda. Köpçilik uylarning poydevori çökib, devorlari yorilib ketgan.



Birinçi muammo: Uylarimizning kun botiş tomonidan katta (kötarma) ariq ötkazilgan bölib (hozirgi kunda foydalanilmaydi) uşbu ariq şu yerda yaşovçi aholi uçun juda katta zarar keltirmoqda. Uşbu kötarma ariqni fermerlar yerlarini suğoriş uçun tayyorlaşgan, lekin bugungi kunda undan foydalanişmaydi, çunki fermerlar uçun boşqa beton ariq ötkazilgan. Kötarma ariqning balandligi uylarimizning tomi bilan deyarli teng. Ariqdagi suv damlanib qolişi evaziga uylarimizni zax bosib ketayapti, qazilgan kanalizatsiya quduqlari va hojatxona handaqlari suvdan tölib qolmoqda. Uşbu ariq atrofi va ariq içini qamiş va turli yovvoyi ötlar bosib ketganligi sababli juda xunuk manzara aks ettirib turibdi. Uylarni quriş paytida ekinlarni suğoriş uçun oqava suv keladigan kiçik beton ariqçalar qurilmagan, natija ekinlarni suğoriş ham muammo bölib kelmoqda.
























