23:06 / 10.06.2017
77782

O‘zbekiston haftaligi: Mirziyoyev ilk bor ShHTda, hukumatdan ketgan Azimov, Markaziy bankda yangi rahbar, Oliy ta'limda tarixiy o‘zgarishlar

Hafta davomida O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

O‘zbekiston va jahon

Ostonada ShHT Sammiti

Foto: O‘zA

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida ShHT davlatlari rahbarlari ishtirokida tashkilotning 17-sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev Ostonada Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Davlat rahbari,shuningdek, Afg‘oniston prezidenti bilan ko‘rishdi

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi va uni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston va Hindiston strategik sheriklikni yanada mustahkamlash tarafdori

Ushbu sammit bilan bog‘liq boshqa muhim voqealarni va Shavkat Mirziyoyevning ushbu safari bilan bog‘liq xabarlarni ushbu havola orqali bilib olish mumkin

Shuningdek...

Foto: Akorda.kz

O‘zbekiston mudofaa vaziri Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

O‘zbekistonning 3ta shahri MDHning eng mashhur tarixiy shaharlari reytingida

O‘zbekistonga Qozog‘istondan muntazam avtobus reyslari qachon yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston Afg‘onistonda yirik loyihalarni amalga oshirmoqchi

YUNISEF Jasurbek Ibrohimovning o‘limi voqeasi yuzasidan munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keldi. U Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.

BMT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 

Lavozimiy o‘zgarishlar

Foto: "Kun"

Tohir Baxranov "Aeroport" assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markaziga rahbar tayinlandi

Alisher Xo‘jayev yangi tashkil etilgan qo‘mitada ish boshlaydi

Rustam Azimov hukumatdan ketdi. Uning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi tizimida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Yangi tuzilgan Majburiy ijro byurosiga rahbar tayinlandi

Markaziy bankka yangi rahbar tayinlandi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markaziga yangi bosh direktor tayinlandi

Markaziy bank raisining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Samarqand viloyati tumanlaridan biriga yangi hokim tayinlandi

IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Yangi qaror va farmonlar

Foto: O‘zA

Xalqaro Press-klub (XPK)da O‘zbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabuliga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

OTMlarga kirishda abituriyentlarni yuzdan tanuvchi va barmoq izlari skaneri texnologiyalari qo‘llanadi

O‘zbekistonning 36 oliy ta'lim muassasida 114 ta yangi yo‘nalish ochiladi

OTMlarga kirishda superkontrakt qay tartibda amalga oshiriladi?

OTMlarga kirishda abituriyentlarni yuzdan tanuvchi va barmoq izlari skaneri texnologiyalari qo‘llanadi

Uchta oliygohda sirtqi bo‘lim ochilmoqda. Kechgi ta'limni joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Prezident Toshkent aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish tizimiga oid qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq Toshkent poliklinikalari tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsata boshlaydi.  Bundan tashqari, Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarni malakali tibbiyot kadrlari bilan to‘ldirishga uch oy muddat berildi. 

Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

Foto: "Kun"

Samarqand aeroporti vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi

Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil qilindi

O‘zbekistondagi yetakchi mobil operatorlari litsenziya talablarini buzayotgani ma'lum qilindi

Pensiya bo‘yicha “1106” raqamli “ishonch telefoni” ishga tushirildi

Toshkentda yangi eko bog‘ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Fotojamlanma

Texnologiya

Foto: "Kun"

GM Uzbekistan avtomobillari narxlari bilan real vaqtda tanishib borish mumkin. Bundan tashqari, GM Uzbekistan avtomobilga to‘lov turlari haqida ma'lumot berdi.

Internetda Toshkent yo‘llaridagi kameralarni kuzatib borish imkoniga ega ilova paydo bo‘ldi

GM Uzbekistan avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi pasaytirildi

Qiziqarli maqolalar

Ozodbek Nazarbekov to‘g‘ri gapirdi, lekin...

Oyga osilgan bayroq (Sharof Rashidovni xotirlab)

O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda?

Nobiometrik shakldagi pasportning amal qilish muddati qachongacha?

Orol dengizida tong otishi: Fotojamlanma

Suvga «g‘arq» bo‘layotgan «Varq» turar-joy massivi

Top