08:56 / 10.06.2017
7341

JCh-2018 saralashi. Niderlandiya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yevropa maydonlarida JCh-2018 saralashi doirasidagi 6-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. A guruhi vakillari Niderlandiya va Lyuksemburg terma jamoalari uchrashuvida yirik hisob qayd etildi. Rotterdamdagi «Feyyenoord — De Kuyp» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar javobsiz 5ta gol urishdi.

Birinchi bo‘limdagi gollarga Aren Robben va Uesli Sneyder mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo‘limda Jorjino Veynaldum, Vinsent Yanssen va Kvinsi Promes niderlandlarning ustunligini oshirishdi.

Bu g‘alabadan keyin Niderlandiya ochkolari sonini 10taga yetkazib, A guruhida Shvetsiya va Fransiyadan keyingi uchinchi o‘rinda joylashdi, Lyuksemburg 1 ochko bilan oxirgi o‘rinda.

Guruhning yana bir uchrashuvida Bolgariya Belarusni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda bolgarlar 9 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda, beshinchi o‘rindagi Belarusda 5 ochko bor.

JCh-2018, Saralash
Yevropa, 6-tur

Niderlandiya – Lyuksemburg 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 21 Robben, 2:0 – 34 Sneyder, 3:0 – 62 Veynaldum, 4:0 – 70 Promes, 5:0 – 84, penalti Yanssen.
Niderlandiya – Sillessen, Xudt, de Vrey, Veltman, Blind, Veynaldum, Strotman, Sneyder (Ake, 82), Robben (Lens, 73), Depay (Promes, 66), Yanssen.
Lyuksemburg – Shon, Maxmutovich, Shano (Delgado, 26), Maljye, Martinsh Pereyra, Yans, Till, Rodriges (Bonert, 85), Bensi, Turpel, Till (Jyerson, 54).
Ogohlantirishlar: Yans (16), Till (50), Maljye (55), de Vrey (78), Martinsh Pereyra (90).

Belarus – Bolgariya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 33, penalti Sivakov, 2:0 – 80 Savitskiy, 2:1 – 90 Kostadinov.
Belarus – Chernik, Aliseyko, Politevich, Filipenko, Matveychik, Balanovich, Dragun, Savitskiy (Skavysh, 83), Mayevskiy (Gordeychuk, 89), Sivakov, Laptev (Bykov, 74).
Bolgariya – Mixaylov, Bojikov, Chorbadjiyski, Popov, Manolev (Milanov, 81), Kostadinov, Popov (Chochev, 64), Tonev, Dyakov, Zanev, Delev (Galabinov, 54).
Ogohlantirishlar: Chorbadjiyski (32), Dyakov (44), Aliseyko (51), Filipenko (73), Bykov (90).

Mavzuga oid
Top