03:40 / 11.06.2017
7418

Shotlandiya – Angliya. O‘yin oxirida 3ta gol urildi

JCh-2018 saralash o‘yinlari doirasida F guruhi vakillari Shotlandiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

Glazgodagi «Hempden Park» stadionida kechgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limda darvozalarga gollar urilmadi. 70-daqiqada esa Aleks Oksleyd-Chemberlen aniq zarbasi bilan inglizlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada Li Griffits hisobni tenglashtirdi. Uning o‘zi 3 daqiqadan keyin yana bir gol urib, jamoasini oldinga boshladi. Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Harri Keyn inglizlarga durang natija keltiruvchi golni urdi.

Yana bir o‘yinda esa Sloveniya Maltani qabul qilib, 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Gollar mualliflari Yosip Ilichich va Milivoye Novakovich. Uchinchi juftlik Slovakiya va Litva o‘rtasidagi o‘yin davom etmoqda.

Bu natijalardan keyin inglizlar ochkolari sonini 14taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirgan. Ikkinchi o‘rinda 11 ochko to‘plagan holda sloveniyaliklar joylashgan. Slovaklar 9 ochko bilan uchinchi, shotlandlar 8 ochko bilan to‘rtinchi. Beshinchi va oltinchi o‘rinlardagi Litva va Malta hisobida mos ravishda 5 va 0 ochko bor.

JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur

Shotlandiya – Angliya 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar: 0:1 – 70 Oksleyd-Chemberlen, 1:1 – 87 Griffits, 2:1 – 90 Griffits, 2:2 – 90 Keyn.
Shotlandiya – Gordon, Malgryu, Tirni, Berra, Robertson, Braun, Morrison (Makartur, 46), Snodgrass (Freyzer, 67), Anya (Martin, 81), Armstrong, Griffits.
Angliya –  Hart, Bertran, Uoker, Keyxill, Smolling, Dayyer, Lallana, Alli (Sterling, 84), Livermor (Defo, 90), Keyn, Reshford (Oksleyd-Chemberlen, 65).
Ogohlantirishlar: Braun (3), Livermor (44), Dayyer (60)

Sloveniya – Malta 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Ilichich, 2:0 – 84 Novakovich.
Sloveniya – Oblak, Delamea-Mlinar, Yokich, Skubits (Palchich, 89), Kurtich, Mevlya, Ilichich, Krxin, Verbich, Berich (Novakovich, 64), Bezyak (Omladich, 59).
Malta – Hogg, Adjius, Borg (Magri, 89), Muskat, Feylla, Kristensen (Gembin, 46), Muskat, Fenek, Effiong, Pizani, Shembri (Mifsud, 62).
Ogohlantirishlar: Pizani (37), Effiong (45), Feylla (65), Fenek (79), Novakovich (85).

Top