18:28 / 12.06.2017
12747

Davlat raqobat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Uz24

O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga Rustam Anvarovich Aminov birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot bergan.

U aprel oyida ishdan olingan Sayfitdin Gafarov o‘rnini egallagan.

Rustam Aminov bungacha rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoniga muvofiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilgan edi.

20 aprel kuni esa shu vaqtgacha O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelgan Ravshan G‘ulomov yangi tashkil etilgan davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Mavzuga oid
Top