14:52 / 12.06.2017
12742

Karton qutidagi yoz ta'mi 

«Ko‘plab mevalar, juda ko‘p sharbat, hamda bularning bari bosh uzra baland «uchib yuribdi», - «Sochnaya dolina» SMning Toshkentdagi Samarkand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi atriumini bezagan yangi megainstallyatsiya haqida shunday fikrni bildirish mumkin.

Aftidan, baxt aynan shunday ko‘rinishga ega – xuddi yozdagi kabi yorqin va «shirali». Mevali savatlar, sevimli ichimliklarning «parvoz qilayotgan» turli rangdagi o‘ramlari, maysa bilan qoplangan sharbatning megaqutisi – InterSok kompaniyasi ijodkor xodimlari ertaklardagi kabi muhitni yaratishdi, u juda ajoyib ko‘rinishi ila barchani maftun etadi.

Bu kompozitsiyaning hajmi va tarkibiy qismlari hayratlanarlidir. Samarkand Darvoza SKMning ikkinchi va beshinchi qavatlari o‘rtasida xuddi havoda muallaq qolgandek «Sochnaya dolina» sharbatlari va nektarlari qutilarining 12 ta maketi bor. Har bir qutining balandligi – ikki metr. Qutichalar dizayni savdo markasi tomonidan taqdim etilgan ta'mlar xilma-xilligini gavdalantiradi. Bu yerda ham yonlari tik olmalar. ham mitti quyoshchalarga o‘xshash bo‘lgan apelsinlar, ham olcha va boshqa mevalar bor. Istaganingizni tanlang!

Mevali 12 ta savatdan iborat installyatsiyaga – InterSok kompaniyasi mahsulotining ekologik jihatdan tabiiyligi timsoli qo‘shimcha qilingan. Sharbatlar va nektarlar faqatgina tabiiy mevalardan, konvervantlarsiz va bo‘yoqlarni qo‘shmagan holda ishlab chiqariladi. Mevali sharbat quyuqlashib qoladi (uni shunday holatda saqlash qulay), keyin esa ishlab chiqarish paytida unga kerakli miqdorda tozalangan suv qo‘shiladi, xolos. Zamonaviy zararsiz o‘ram sabab ichimliklar uzoq muddat davomida foydali xususiyatlar va vitaminlarni saqlab qoladi hamda yoz kayfiyatini butun yil davomida ulasha oladi.

Yozda o‘zi nima qilish kerak? Albatta, dam olish, hayotdan quvonish va... suratga olish! Shuning uchun kompozitsiyaning markaziy qismi – yorqin-yashil maysa bilan qoplangan («Sochnaya dolina» sharbatlari va nektarlari yuz foiz tabiiy ekani haqida yana bir o‘ziga xos eslatma) «mazali» o‘ramning juda yirik maketiga xush kelibsiz. 

Olti metrli quti #luchshiysok heshtegi bilan bezalgan. Bu shunchaki qilinmadi: savdo markasi eng yaxshi «yorqin» selfi uchun tanlovni ishga tushirdi. «Shirali» installyatsiya fonida suratga tushish, ularni «Sochnaya dolina» SMning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirish va #luchshiysok, #sochnayadolina heshteglarini qo‘yish lozim. Tanlov 28 iyunga qadar davom etadi, g‘oliblarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda. Shuning uchun vaqtni zoye ketkazmay, o‘zingiz bilan do‘stlaringiz, fotoapparat, smartfonlarni oling-da, Samarkand Darvoza’ga fotosessiyaga tashrif buyuring! «Shirali» maydoncha bu yerda avgust oxiriga qadar joylashtirilgan.

Darvoqe, do‘stlar haqida. Poytaxtdagi savdo-ko‘ngilochar markazda installyatsiyaning ochilishi 9 iyun kuni, Xalqaro do‘stlar kunida bo‘lib o‘tdi. Juda o‘xshash hodisa, sababi «Sochnaya dolina» savdo markasi uchun har bir iste'molchi – birinchi navbatda do‘stdir. Uni xursand qilish, eng mazali narsa bilan siylash, uyga taklif qilishni (bekorga haftada ikki bor bolalar uchun InterSok zavodiga ekskursiya tashkil etilmaydi) istaysiz. Shu tariqa munosabat shakllanib boradi, ular albatta iliq bo‘lishi darkor.

Samarkand Darvoza’dagi «mevali» kompozitsiya – yaqinda butun mamlakatni bezaydigan «mazali» marjondagi bir marvariddir. Keng ko‘lamli aksiyaga Andijonda start berildi. Bu yerda Navro‘z bayrami arafasida O’zbegim SKMda «parvoz qilayotgan» mahobatli installyatsiya joylashtirildi. Iyun boshida esa estafeta Urganchga o‘tdi, u yerda mamlakatdagi eng katta «Sochnaya dolina» sharbatlar va nektarlari qutisi maketi o‘rnatildi. 16 metrlik megaquti Darital SKM tomiga joylashtirildi va shahardagi eng baland konstruksiya sanaladi.

Biroq, bularning barchasini ko‘rish uchun Toshkent, Urganch yoki Andijonga borib o‘tirish shart emas. Biroz kutish kifoya, hamda yaqinda «shirali» mo‘'jizalar sizning oldingizga o‘zi keladi. InterSok kompaniyasi respublikamizning barcha viloyatlarida (ehtimol, har bir yirik shaharda ham) «Sochnaya dolina» savdo markasi bilan bog‘liq bo‘lgan takrorlanmas nimadir paydo bo‘lishiga va'da beradi. Bu sharbatlar va nektarlar ishlab chiqaruvchisining yangi an'anasi: har bir mintaqada avval hech kim qilmagan noyob nimanidir yaratish.

Oldinda juda ko‘plab qiziq narsalar kutib turibdi. «Yorqin» yangiliklarni kuzatib boring!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top