15:44 / 12.06.2017
4125

Ozarboyjon YeI bilan vizalarni soddalashtirish bosqichida turibdi

Foto: RIA "Novosti"

Ozarboyjon TIV rahbari o‘rinbosari Mahmud Mamedguliyevning ma'lum qilishicha, respublika Yevroittifoq bilan vizalarni soddalashtirish bosqichida turibdi. Uning fikricha, Boku va YeI o‘rtasida viza rejimini butunlay bekor qilish – “kelajakdagi ish”dir.

Avvalroq Ozarboyjon TIV rasmiy vakili Hikmat Gajiyev RIA Novosti’ga Ozarboyjon va Yevroittifoq respublika fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish imkoniyatini Boku-YeI yangi kelishuvi bo‘yicha muhokamalar doirasida ko‘rib chiqishlari mumkinligini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida YeIning Janubiy Kavkaz bo‘yicha vakili Gerbert Zalberning xabar berishicha, YeI va Ozarboyjon o‘rtasida vizasiz rejimning joriy etilishi imkoniyatini istisno etish kerak emas, biroq u aniq muddatlarga oydinlik kiritmadi.

"Ozarboyjon YeI bilan vizalarni soddalashtirish bosqichida turibdi, Boku va YeI o‘rtasida vizasiz rejimni to‘la bekor qilish – kelajakdagi ish. Tomonlar uchun hozir paytda eng asosiysi – strategik sheriklik to‘g‘risidagi yangi kelishuvni amalga oshirish, bu kelishuvdan ijobiy natijalarni olish", - dedi Mamedguliyev jurnalistlarga.

Ozarboyjon 2008 yildan beri YeIning “Sharqiy sheriklik” dasturida ishtirok etmoqda. U siyosiy o‘zaro aloqalar darajasini yanada oshirish, sobiq sovetlar respublikalarini YeI iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun ko‘mak ko‘rsatish va ularga taqdim etiluvchi moliyaviy yordam hajmini ko‘paytirishni nazarda tutgan.

Mavzuga oid
Top