15:42 / 12.06.2017
25843

Toshkentda yana Mercedes yondi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Toshkentda navbatdagi Mercedes-Benz yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. 12 iyun taxminan 12:30larda Toshkent katta xalqa yo‘li yoqasida joylashgan «Bek Baraka» buyum bozori yaqinidagi ko‘prik ostida «Sergeli qurg‘oni»—«Chilonzor buyum bozori» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi 86-avtobus yonib ketgan. Hodisa suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi

«Toshshahartransxizmat»ning ma'lum qilishicha, mazkur voqea sababli jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in zudlik bilan o‘chirilgan. Kompaniyaga ko‘ra, uch kundan keyin avtobus yana reysga chiqadi. 

Eslatib o‘tamiz, oxirgi bir necha yilda Toshkent yo‘llarida qatnovchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobuslarining bir nechtasi yonib ketdi. Kompaniya rahbariyati buning sababi sifatida Toshkentning yoz mavsumida juda issiq bo‘lishini, buning natijasida avtobusdagi elektr o‘tkazuvchi simlar qizib ketishi yong‘inga olib kelishini ta'kidlaydi. Biroq, bir necha holatlarda avtobuslarning yilning salqin va sovuq mavsumlarida ham yonib ketgan edi. 

Top