19:15 / 13.06.2017
10692

Argentina Messisiz o‘yinda 6ta gol urdi

Argentina terma jamoasi Xorxe Sampaoli rahbarlagidagi ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Argentinaliklar Singapurda mahalliy terma jamoani 6:0 hisobida tor-mor etdi. 

Birinchi bo‘limda mehmonlar ikkita gol urishdi. 25-daqiqada Federiko Fasio hisobni ochdi, 6 daqiqa o‘tib Xoakin Korrea ustunlikni oshirdi– 2:0. Tanaffusdan keyin Argentina hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 

60-daqiqada Alexandro Gomes, 74-daqiqada Leandro Peredes o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lukas Alario va Anxel Di Mariya beshinchi va oltinchi gollarni urishdi. 

O‘tgan haftada Argentina Neymarsiz Braziliyaga qarshi nazorat o‘yinida g‘alaba qozongandi (1:0).

Qayd etish kerakki, Singapurga qarshi o‘yinda argentinaliklar yetakchisi Lionel Messi ishtirok etmadi. Bunga yaqin vaqt ichida uning nikoh marosimi bo‘lib o‘tishi sabab sifatida ko‘rsatildi. Bu esa singapurliklarning noroziliklariga sabab bo‘lgandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Singapur – Argentina 0:6 (0:2, 0:4)
Gollar: 0:1 – 25 Fasio, 0:2 – 31 Korrea, 0:3 – 60 Gomes, 0:4 – 74 Paredes, 0:5 – 90 Alario, 0:6 – 90 Di Mariya.
Singapur – Sanni (Maxbud, 50), Bennett, Baxarudin, Xamid (Ramli, 86), Abu Sudjad, Arifin (Shafik, 85), Xarun, Nazari, Xamza (Sulayman, 67), Moxammadkamal (Isxak, 65), Axmad (Mustafich, 57).
Argentina – Gusman, Bigliya (Banega, 46), Mammana, Fasio, Di Mariya, Salvio, Korrea (Alario, 46), Lansini (Paredes, 60), Gomes (Fernandes, 70), Akunya, Dibala.

Messi to‘y qilaman deb Argentina terma jamoasi o‘yinidan voz kechdi

 

Top