10:17 / 13.06.2017
4139

"Golden Steyt" MBAning besh karra chempioniga aylandi

Foto: © Kyle Terada/USA TODAY Sports/REUTERS

"Golden Steyt uorriorz" basketbol jamoasi final seriyasining beshinchi uchrashuvida "Klivlend kavalers"ni mag‘lub etdi hamda o‘z tarixida beshinchi bor Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) chempioniga aylandi.

"Uorriorz"ning uy arenasida bo‘lib o‘tgan bahs 129:120 hisobi bilan yakunlandi, seriyadagi umumiy hisob 4:1 bo‘ldi. Uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisiga "Klivlend" forvardi Lebron Jyeyms aylandi, u 41 ochko jamg‘ardi. "Golden Steyt" tarkibida esa forvard Kevin Dyurant 39 ochko yig‘di.

Ta'kidlab o‘tish joizki, "Golden Steyt" va "Klivlend" finalda qatorasiga uchinchi yil to‘qnash kelmoqda. 2015 yilda g‘alabani "Golden Steyt" basketbolchilarini tantana qilishgan bo‘lsa, bir yil o‘tib raqiblarining qo‘li baland keldi. Joriy yilda Kaliforniya jamoasi pley-offda ketma-ket qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi.

Oklend shahri jamoasi chempionlik bo‘yicha "San-Antonio" bilan tenglashib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha MBAda 4-o‘ringa ko‘tarildi. Ko‘proq chempionlik unvonini faqatgina "Chikago Bullz" (6), "Los-Anjyeles Leykers" (16) va "Boston Seltiks" (17) jamoalarigina qo‘lga kiritgan.

 

Mavzuga oid
Top