20:57 / 13.06.2017
4144

Irlandiya bosh vaziri iste'foga ketishini e'lon qildi

Foto:irelandru.com

Irlandiya bosh vaziri Enda Kenni iste'foga ketishini e'lon qildi. U bu haqda 13 iyunda Irlandiya parlamenti deputatlar palatasi – Doyl minbaridan ma'lum qildi. 

Kenni qisqa nutqida Meyo grafligidan unga ovoz berganlar va butun Irlandiya fuqarolariga minnatdorchilik bildirdi. "O‘z partiyamga 15 yil va Irlandiya vazirlar mahkamasiga 6 yil boshchilik qilish menga berilgan imtiyoz bo‘ldi. Men hamma ishni ham risoladagidek qilmaganini anglagan birinchi kishiman. Biroq rost-ro‘y aytishim mumkinki, mening harakatlarim Irlandiya fuqarolari manfaatiga xizmat qilishiga ishonch hamisha menga turtki bergan", deb aytdi Kenni.

Kenni Irlandiya respublikasi prezidenti qarorgohiga borib, prezident Maykl Xigginsga iste'foga ketishi so‘ralgan arizani topshiradi.

Hukmron partiya "Fine gel" ("Birlashgan irlandlar") yetakchisi va bosh vazir Kenni ist'yefoga ketishi istagini 17 may kuni bildirgandi. 2 may kuni partiya ichidagi saylovlarda Leo Varadkar g‘olib bo‘lgan va partiyaning yangi yetakchisiga aylangan. Endi u Irlandiya tarixidagi 14-bosh vazir bo‘lishga barcha imkoniyatlarga ega. Yangi bosh vazir lavozimiga nomzodlar uchun deputatlar ovoz berishi 14 iyunda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top