22:54 / 13.06.2017
5743

MBAni yutgan "Golden Steyt" basketbolchilari Tramp bilan uchrashishdan bosh tortdilar

Milliy basketbol assotsiatsiyasining joriy mavsumi g‘olib jamoasi "Golden Steyt" basketbolchilari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishdan bosh tortdilar. Bu haqda amerikalik jurnalist Shon King tvitterda ma'lum qildi.

Oq uydagi an'anaviy qabulga bormaslik qarori jamoa basketbolchilari tomondan bir ovozdan qabul qilingan. Basketbolchilarning bunday qilishlari sabablari ma'lum qilinmagan.

13 iyunda "Golden Steyt Uorriors" jamoasi "Klivlend Kavalers"ga qarshi final seriyasining 5-uchrashuvida 129:120 hisobida g‘olib bo‘lib, MBAning besh karra chempioniga aylandi. Seriyadagi umumiy hisob esa 4:1 ni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid
Top