09:56 / 13.06.2017
7307

Tayvan hukumati Panamaning qaroridan g‘azabda

Tayvan hukumatining ma'lum qilishicha, Panama tomonidan diplomatik aloqalarni uzilishi afsusli va g‘azabga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tayvan TIV Panama ushbu davlat bilan diplomatik aloqalarni uzishi va Xitoy bilan rasmiy aloqalarni o‘rnatishi haqida ma'lum qilgach, shunday bayonot bilan chiqqan.

RIA Novosti’ning xabar berishicha, Tayvan tashqi ishlar vaziri Devid Li Panama bilan barcha aloqalar va hamkorlik darhol to‘xtatilishini ma'lum qildi hamda bu davlatning diplomatik missiyasi barcha xodimlaridan Tayvanni tark etishni talab qildi.

O‘z navbatida Xitoy TIV rahbari Van I XXR va Panama savdo, sarmoyalar, dengiz ishi hamda turizm sohalarida hamkorlik qilishini aytib o‘tdi.

Avvalroq Panama Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar bergandik

 

Mavzuga oid
Top