Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga yangi prokuror tayinlandi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 12 iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Obloqulov Sherzod Soatqulovich O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.
Sherzod Obloqulov 1980 yilda tug‘ilgan bo‘lib, turli yillarda Bosh prokuraturada prokuror va boshqarma katta prokurori (2007−2011 yillar), Navoiy viloyatining Xatirchi tumani prokurori (2011−2013) va Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2013−2016) bo‘lib ishlagan. O‘tgan yilning martidan Sirdaryo viloyati prokurori lavozimini egallab kelayotgandi.
Avvalroq Toshkent shahar prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
16:18 / 07.03.2026
Toshkentda yana bir guruh yoshlar YTH sodir etdi
14:12 / 07.03.2026
Toshkentda yuzdan ortiq quvvat-stansiya tarmoqdan uzildi. Muammo nimada?
10:01 / 07.03.2026
Dubaydan Toshkentga aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda
09:50 / 07.03.2026