09:24 / 13.06.2017
11801

Toshkentda jome masjidi oldida bosqinchilik qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 25 yoshli yigit shu tumanda joylashgan “Oltintepa” jome masjidi oldida 20 yoshli M.M.ga nisbatan kuch ishlatib, bosqinchilik yo‘li bilan 700000 so‘m puli va “Samsung” uyali telefonini olib, voqea joyidan yashiringan, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

M.M.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida zo‘ravon Oltintepa ko‘chasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan V.T. ekanligi aniqlanib, qo‘lga olindi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top