Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqtisodi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar o‘nligida
O‘zbekiston dunyoning iqtisodi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar o‘nligiga kiritildi. Bu haqida Jahon bankining "Global iqtisodiy islohotlar" hisoboti asosida Jahon iqtisodiy forumida ma'lum qilindi.
Jahon banki prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YaIM o‘sish prognozi 2017 yilda 7,6 foizni tashkil qildi. Bu joriy yil yakunlariga ko‘ra, 8,3 foizli o‘sishni qayd etgan Efiopiyadan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan mamlakatlar o‘nligiga O‘zbekiston va Efiopiyadan tashqari, shuningdek Nepal (3-o‘rin, YaIM o‘sishi - 7,5 foiz), Hindiston (4-o‘rin, 7,2 foiz), Tanzaniya (5-o‘rin, 7,2 foiz), Djibuti (6-o‘rin, 7 foiz), Laos (7-o‘rin, 7 foiz), Kambodja (8-o‘rin, 6,9 foiz), Myanma (9-o‘rin, 6,9 foiz) va Filippin (10-o‘rin, 6,9 foiz) mamlakatlari kiritildi.
Mavzuga oid
11:26 / 26.12.2025
Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
07:30 / 24.12.2025
Reyting: internet foydalanuvchilari soni eng ko‘p bo‘lgan 20 ta mamlakat
21:42 / 21.12.2025