Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WeChat'da soxta akkauntlarni aylantiruvchi ferma ishchilari qo‘lga olindi
Foto: Jiggie Jaa
Tailand politsiyasi harbiylar bilan birga Kamboja chegarasi yaqinida ijaraga olingan uyda WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlarni aylantiruvchi fermani aniqladi. Motherboard shu haqdagi xabar bilan bo‘lishdi.
Ferma egalari Van Dong, Niu Bang va Ni Ventszin ruxsatsiz faoliyat yuritish va SIM-kartalar kontrabandasida ayblanib, qo‘lga olindi. Ular tomonidan ijaraga olingan uyda huquq-tartibot organlari xodimlari 474 ta iPhone 5S, 5C va 4S, Tailand operatorlarining 347 200 ta foydalanilmagan SIM-kartasi, shuningdek 9 ta kompyuter va boshqa qurilmalarni aniqlashdi va tortib olishdi. Bu texnikalarning barchasini oddiy xona ventilyatori sovutib turgan bo‘lgan.

Dastlab politsiya xodimlari qurilmalardan soxta ma'lumotlar markazini yaratishda foydalanilganini taxmin qilishdi. Biroq ma'lum bo‘lishicha, ular Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmog‘ida botlar tarmog‘ini boshqarishgan.
Politsiyachilarning ma'lumotlariga ko‘ra, qandaydir xitoy kompaniyasi qonunbuzarlarni telefonlar bilan ta'minlagan va har oyda ularga 150 ming bat (250 ming rubl) to‘lagan. Jamoa WeChat orqali sotiluvchi onlayn-tovarlar reytingini ko‘tarish uchun mas'ul bo‘lgan.

Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
16:18 / 21.02.2026