18:25 / 14.06.2017
21122

Dunyodagi eng qimmat va eng katta 4K televizor namoyish etildi

C Seed kompaniyasi ekran diagonali 262 dyuym bo‘lgan eng katta 4K-televizorni taqdim etdi (olti yarim metr). Bu haqda The Verge yozmoqda.

Televizor o‘nta ichki qismga o‘rnatilgan va keng tovushli dinamiklarga ega. Bundan tashqari, C Seed 262'da himoya qatlami va mediaserver ham bor.

Qurilma qiymati 540 ming dollarga teng. Televizor qariyb 800 kilogramm og‘irlikka ega, shuning uchun uni o‘rnatishga yana qo‘shimcha 38,5 ming dollar so‘raladi. C Seed 262 sotuvlari 2017 yilning yozidan boshlanadi.

Top