14 iyun kuni Oq uy egasi Donald Tramp 71 yoshga to‘ldi. Ko‘plab mojaroli vaziyatlarga aralashib qolgan milliarder, bugungi kunda esa – mojaroli prezidenti Nyu-Yorkda, Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan bir yil o‘tib, yirik tadbirkor Fred Trampning oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi ko‘chmas mulk savdosi tufayli badavlat shaxsga aylangan. Donald otasining izidan bordi va uning kompaniyasini Donald Tramp Kompaniyasiga o‘zgartirdi. Bugunda uning davlati taxminan 4 mlrd dollarga teng.

Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallagunga qadar, teleshoular, filmlar va seriallarga prodyusserlik qilgan, biroq uni muvaffaqiyatli siyosatchi, deb atashga hali vaqtli: uning deyarli barcha tashabbuslari kongress tomonidan to‘sib qo‘yilmoqda, tashqi siyosiy strategiya esa hozircha aniq emas.

«Tizimsiz» Tramp «tizimli» respublikachilarning g‘ashiga tegmoqda, uning Amerika siyosatidagi o‘rni esa o‘zining biznes-imperiyasidagi bosh bino – Nyu-Yorkdagi «Tramp minorasi»ni eslatib yuboradi. Ko‘pchilik nyu-yorkliklar uni shahardagi eng g‘ashga teguvchi inshoot, deb hisoblaydilar. Ammo Tramp katta siyosatda uzoq vaqt davomida qolmoqchi va yangi muddatga qayta saylanish borasida rejalar ham tuzmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida

 

Donald Tramp bolaligida

 

Donald Tramp yoshligida

 

Donald ota rolida

 

Donald va Ivana Tramp