20:30 / 14.06.2017
4349

Irlandiyaga yangi bosh vazir tayinlandi

Foto: ©REUTERS/Clodagh Kilcoyne

Irlandiya parlamenti quyi palatasi – Doyl deputatlari "Fine Gael" (Birlashgan irlandlar) partiyasining yangi yetakchisi Leo Varadkar nomzodini Irlandiya bosh vaziri lavozimiga ma'qullashdi.

Yaqin soatlarda Varadkar davlat rahbari qarorgohiga borib, prezident Maykl Xiggins qo‘lidan ijroiya hokimiyatining atributi – idora muhrini oladi. 14 iyunda u yangilangan vazirlar mahkamasi tarkibini e'lon qilishi kutilmoqda.  

Leo Varadkar 18 mayga o‘tar kechasi "Fine Gael" yetakchisi vakolatlarini topshirgan, endilikda sobiq bosh vazir Enda Kenni o‘rnini egallaydi. 2 mayda Varadkar partiya ichidagi saylovlarda 60 foiz ovoz olib, o‘zining yagona raqibi Saymon Kouvenini yutib chiqqandi va shu tariqa Irlandiya bosh vaziri lavozimiga asosiy da'vogarga aylangandi.  

Mavzuga oid
Top