Jahon | 09:38 / 14.06.2017
23215
4 daqiqa o‘qiladi

Putin Klinton, Saakashvili va NATO haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning, uni Uchinchi Reyx yetakchisi Adolf Hitler bilan solishtirgan so‘zlariga izoh berdi. Uning aytishicha, Rossiya tomoni ham amerikalik siyosatchilar faoliyatini turli shaxslar bilan taqqoslashi mumkin, biroq Moskva keskin izohlardan o‘zini tutib turishga harakat qiladi.

Foto:AFP 2017 / Gregg Newton

"Biz uchun bunda yangi nimadir yo‘q. Biz u bilan shaxsan tanishmiz. U baquvvat ayol. Biz ham turli solishtirishlarni qilishimiz mumkin edi, biroq siyosiy madaniyatimiz tufayli keskin izohlardan o‘zimizni tortib turamiz", - dedi Putin rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida. Film Showtime telekanalida namoyish etilgan.

2014 yilning martida CNN telekanali Klinton Qrim haqida gapirar ekan, Putin va Hitlerni o‘zaro o‘xshatgani haqida xabar berdi. Ta'kidlanishicha, Putinning ruslarni himoya qilish kerakligi haqidagi so‘zlari, Sharqiy Yevropada yashovchi, asli kelib chiqishi nemis bo‘lgan kishilarni himoya qilishi haqida ma'lum qilgan Hitlerning xatti-harakatini eslatib yuboradi.

Shuningdek, Vladimir Putinning aytishicha, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ortida hech kim turmaganida 2008 yilda Janubiy Osetiyaga hujum uyushtirishga yuragi betlamagan bo‘lardi. 

Foto: RIA Novosti 

"Menda uning ortida kimdir turgani, kimdir uni bunga yetaklaganiga 100 foizlik ishonch yo‘q. Biroq, mening fikrimcha, u bunday fitnani o‘zi boshlay olmas edi. Men shunday fikrdaman. Har holda uni hech kim to‘xtatishga urinmagani aniq", - degan Putin intervyuda.

Prezidentning ta'kidlashicha, Rossiyada “Saakashvilining xatti-harakatlari nafaqat qo‘llab-quvvatlatgani, balki buni xuddi Rossiya Gruziyaga hujum qilgandek qilib ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlardan” hayratga tushishgan.

"Men g‘arb OAV bu hujumda Rossiyani ayblaganini ko‘rib, quloqlarim va ko‘zlarimga ishonmadim. Va asosiysi, bunga millionlab kishilar ishondi. Ammo janob Saakashvili qo‘shinlarga aksiyani boshlash haqida o‘zi buyruq berganini ma'lum qilgandi", - deya qayd etdi Rossiya rahbari.

2008 yilning 8 avgustiga o‘tar kechasi Gruziya qurolli kuchlari Janubiy Osetiyaga hujum qilishdi va uning poytaxti Tsxinvalning bir qismini vayronaga aylantirishdi. Rossiya Janubiy Osetiyaga o‘z qo‘shinlarini kiritdi va besh kunlik jangovar harakatlardan so‘ng gruziyalik harbiylarni mintaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, Putinning ma'lum qilishicha, NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi xatti-harakati strategik xatodir.

Foto:Flickr / U.S. Army Europe

"Aslida, bu bizning sheriklarning yana bir qo‘pol strategik xatosi, sababi Rossiya bu xatti-harakatlarning barchasiga mos javob qaytaradi, hamda bu yana qurollanish bo‘yicha poygani keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, bizning javob ancha arzonroq bo‘ladi. Texnika qo‘polroq bo‘lishi mumkin, biroq samarali bo‘ladi. Va biz strategik muvozanatni saqlab qolamiz. Muvozanat – bu juda muhim narsa", - deya ma'lum qilgan Putin Oliver Stounga.

Mavzuga oid