08:15 / 15.06.2017
26416

AQShda boshi birlashib ketgan siam egizaklari muvaffaqiyatli ajratildi

Filadelfiya bolalar shifoxonasida o‘ttizga yaqin tajribali jarrohlar ikki nafar o‘n oylik qizchani bir-biridan ajratish bo‘yicha amaliyot o‘tkazishdi. Erin va Ebbi – eng noyob turdagi siam egizaklaridir: ularning boshi birlashib ketgan. Amaliyot juda murakkab bo‘ldi va uzoq davom etdi. Biroq, barchasi ijobiy yakun topdi. Opa-singillar omadli ravishda bir-biridan ajratildi. 

Jarrohlar jamoasi ikki guruhga bo‘lindi. Jarrohlik uskunalari ham har bir bemor uchun alohida tayyorlandi. 

Opa-singillar Pensilvaniyaga Shimoliy Karolinadan olib kelindi. Ular 2016 yilning iyulida dunyoga kelishgan. Egizaklarning onasi Xizer farzandlari qanday bo‘lishini homiladorligining 11-haftasida bildi, biroq homilani oldirib tashlagani yo‘q.

Erin va Ebbi bekorga Filadelfiyaga olib kelinmadi, deb yozadi Indepedent. Bu Filadelfiya bolalar shifoxonasida siam egizaklarini ajratish bo‘yicha 23-amaliyot bo‘ldi. Biroq, filadelfiyalik jarrohlar bir-biri bilan boshi orqali birlashgan bolalarni ilk bora ajratishdi. Kasallikning bunday shakli kraniopagiya deb atadi. Tanasining turli qismlari birlashib ketgan siam egizaklari millionta tug‘ruqning 10 holatidagina dunyoga keladi. 

"Siam egizaklarini ajratish – juda murakkab jarrohlik amaliyoti, - deya tushuntirdi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tgan operatsiyada ishtirok etgan plastik jarroh Jyess Teylor. – Endi qizchalarni uzoq va qiyin tiklanish jarayoni kutmoqda. Biz umid qilamizki, hammasi joyida bo‘ladi".

Mavzuga oid
Top