Xalqaro Press-klubda "Özbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda istiqboldagi rejalar va yangi loyihalar bilan bir qatorda sohada yöl qöyilgan kamçiliklarga ham töxtalib ötildi. 

"Sönggi yillarda gaz sohasini loyihalaştiriş işlari öz holiga taşlab qöyilgan. Heç kim unga egalik qilmagan. Deylik, quvurlar bor, lekin loyihalar tizimi böyiça heç kim hisob-kitob qilmagan. Hamma öz bilganiça ulanib olgan. Umumiy bir quvur yöq, e'tibor bergan bölsangiz. Şu tariqa Özbekistonda gaz tizimi "ölgan". Natijada çekka hududlarning gaz bilan ta'minlanişi izdan çiqqan", - deydi "Özbekneftgaz" MXK boşqaruv raisi Alişer Sultonov. 

Mutaxassisning sözlariga köra, bugungi kunda gaz bormaydigan hududlar örganilib, ularga gaz ballonlari, suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Alişer Sultonov avval gaz bilan ta'minlangan, sönggi yillarda esa ta'minot darajasi past bölgan hududlarga gazni qaytariş masalasiga ham töxtalib, bunday hududlarga davlat dasturi asosida kömir va suyultirilgan gaz yetkazib beriş çoralari körilayotganini ta'kidladi. 

"Özbekneftgaz" rahbari kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça işlar olib borilayotgani, yangi loyihalar yölga qöyilayotgani va 2020 yilning törtinçi çoragiga qadar bu borada aniq, katta natijalarga erişilişini qayd etdi.