Jahon | 08:26 / 15.06.2017
12147
2 daqiqa o‘qiladi

Qiziquvchan ayol parvozga otlangan samolyotning favqulodda chiqish eshigini ochib ko‘rdi

Pekin xalqaro aeroportidan parvozga shaylangan Xiamen Air aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchisi qiziquvchanlik sabab favqulodda chiqish eshigini ochib ko‘rdi. Bu esa reysning bekor qilinishiga olib keldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Xiamen Air aviakompaniyasi vakilining aytishicha, yo‘lovchilar o‘z joylarini egallashgach, bortkuzatuvchi favqulodda chiqish joyiga yaqin yerda o‘tirgan yo‘lovchilarga kerakli yo‘riqnoma bergan. U “odatiy vaziyatda aviariyaviy chiqish tutqichini ushlash kerak emas” deb tushuntirgan.

Shu payt 49-qatorda, derazaning yonida o‘tirgan yo‘lovchi aviariyaviy chiqish joyi tutqichini tortgan. Politsiya ayolni 12 kunga qo‘lga oldi, reys esa bekor qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, aviariyaviy chiqish eshigi tutqichini faqatgina favqulodda holatlarda ushlash mumkin ekanini eshitgan ayol yo‘lovchi, buni “oddiy vaziyatda” qilib ko‘rishga qaror qilgan. 

Voqea ro‘y bergan payt bortda 113 yo‘lovchi bo‘lgan, ularni boshqa reyslarga o‘tkazish talab etildi. Trap hech qanday zarar ko‘rmagan bo‘lsa ham, ta'mirlashning minimal qiymati taxminan 14,7 ming dollarni tashkil qiladi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, yo‘lovchi yetkazilgan moddiy zararni ham qoplab berishi kerak.

Mavzuga oid