O‘FF Samvel Babayan masalasida bayonot berdi
Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasida majlis o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi jahon chempionati saralash o‘yinlaridan keyin ishqibozlar va OAVda yuzaga kelgan vaziyatdan xabardor va milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi bahs va munozaralar, taklif va murojaatlarni juda yaxshi tushunib turibdi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi har bir futbol ishqibozi o‘zining shaxsiy fikri borligi va uni erkin ifoda qilish vakolatiga ega ekanligiga hurmat bilan qaraydi.
Milliy terma jamoaning jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi ishtiroki, terma jamoa murabbiylar shtabi a'zolarining atrofidagi xavotirli fikrlarga hurmat saqlagan holda ma'lum qilamizki, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ish va vazifani oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat beradi. O‘zbekiston terma jamoasining 31 avgustda Xitoyga qarshi safardagi o‘yini hamda 5 sentabr kuni Koreyaga qarshi Toshkentdagi o‘yinlariga jamoani Samvel Babayan tayyorlaydi.
Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri bo‘yicha qaror 5 sentabrda Koreya bilan Toshkentdagi o‘yindan keyin qabul qilinadi.
Shu bilan bir qatorda qo‘shimcha qilamizki, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining qaroriga ko‘ra, shu yilning sentabr oyida O‘FF navbatdagi Konferentsiyasini o‘tkazadi. Unda tashkiliy masalalar, shu jumladan, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti va rahbarlik lavozimlarining saylovi, O‘FF strukturasini o‘zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, mamlakat futbolini isloh qilish bo‘yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020